Sun’iy intellekt, tibbiyot va ta’lim kesishmasida innovatsion yechimlar yaratish uchun 3 kunlik hackathon.
19–21-dekabr 2025 | Yangi O‘zbekiston Universiteti, Toshkent
AI Medical Education Hackathon 2025
Hackathon haqida
AI Medical Education Hackathon 2025
AI Medical Education Hackathon 2025 — Yangi O‘zbekiston Universiteti va Toshkent Tibbiyot Universiteti hamkorligida o‘tkaziladigan 3 kunlik innovatsion tadbir bo‘lib, sun’iy intellekt, sog‘liqni saqlash va ta’lim kesishmasida real muammolarga amaliy yechimlar yaratishga qaratilgan.
Hackathon formati
Ishtirokchilar
Faqat Yangi O‘zbekiston Universiteti va Toshkent Tibbiyot Universiteti talabalari
Davomiyligi
3 kun (19–21-dekabr)
Jamoa shakli
4–5 kishilik jamoalar
Ishtirok etish shartlari
Kimlar ishtirok etishi mumkin?
Yangi O‘zbekiston Universiteti va Toshkent Tibbiyot Universiteti talabalari ishtirok etishi mumkin. Sun’iy intellekt, sog‘liqni saqlash va ta’lim yo‘nalishlarida loyiha yaratishga qiziqqan barcha talabalar taklif etiladi.
Ishtirokchi kamida 16 yoshda bo‘lishi kerak.
Hackathonda faqat jamoa shaklida qatnashiladi:
- Har bir jamoada kamida 4 va ko’pi bilan 5 nafar a’zodan iborat.
- Jamoalar NewUU va TTA talabalari orasidan alohida shakllantiriladi.
- Har bir talaba faqat bitta jamoa tarkibida qatnashishi mumkin.
Ishtirokchilar 16-dekabrga qadar onlayn ariza topshirishlari kerak. Ariza faqatgina jamoa sardori tomonidan to’ldiriladi (Jamoaning qolgan ishtirokchilari haqida ma’lumotni jamoa sardori kiritadi).
3 kun
Hackathon davomiyligi6 ta jamoa
Demo Day’da final taqdimot qiladigan jamoalar2 ta universitet
Yangi O‘zbekiston Universiteti va Toshkent Tibbiyot Universiteti hamkorligiHackathon yo‘nalishlari
Bu bo‘limda ishtirokchilar sun’iy intellekt, sog‘liqni saqlash va tibbiy ta’lim yo‘nalishlaridareal muammolarni hal qiluvchi amaliy loyihalar ustida ishlaydilar.
Sun’iy intellekt
Sun’iy intellekt asosida ma’lumotlarni tahlil qilish, prediktiv model, chat-bot, kompyuter ko‘rish va boshqa yechimlar.
Sog‘liqni saqlash
Klinik jarayonlarni avtomatlashtirish, bemor monitoringi, telemeditsina, profilaktika va diagnostika jarayonlarini yengillashtiruvchi tizimlar.
Ta’lim
Tibbiy ta’limni raqamlashtirish: adaptive learning, simulyatsiya platformalari, talaba va shifokorlar uchun o‘quv dasturlarini AI yordamida optimallashtirish.
Mukofotlar & Sertifikatlar
Hackathon yakunida qatnashgan barcha talabalar Yangi O‘zbekiston Universiteti va Toshkent Tibbiyot Universiteti tomonidan beriladigan rasmiy ishtirokchi sertifikatlari bilan taqdirlanadi. Bu sertifikatlar sizning AI, tibbiyot va ta’lim kesishmasidagi real loyihada ishtirok etganingizni tasdiqlaydi.
G‘olib jamoalar uchun esa alohida mukofotlar nazarda tutilgan: finalga chiqqan va TOP-3 o‘rinlarni egallagan jamoalar diplomlar hamda hamkor va sponsorlar tomonidan taqdim etiladigan texnologik va motivatsion sovg‘alarga ega bo‘ladilar.
AI Medical Education Hackathon 2025 — bu faqat tajriba va networking emas, balki portfoliongizga haqiqiy yutuqlar qo‘shish imkoniyati hamdir.

Jarayon qanday o‘tadi? Qabul, Saralash, Hackathon & Final
Jarayon
Sana
Qabul – Ro‘yxatdan o‘tish
- Jamoalar 15-dekabrga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tadi.
- Arizada jamoa ma’lumotlari va qisqacha g‘oya yoziladi.
Saralash
- Tashkilotchilar barcha arizalarni ko‘rib chiqadi.
- Hackathonda ishtirok etadigan 6 ta jamoa tanlanadi va ularga xabar beriladi.
Hackathon kunlari
- Workshoplar va mentorlik sessiyalari o‘tkaziladi.
- Jamoalar g‘oyasini ishlab chiqib, prototip va pitch tayyorlaydi.
Final — Demo Day
- Yangi O‘zbekiston Universitetida 6 ta jamoa sahnada loyihasini taqdim etadi.
- Hakamlar baholab, TOP-3 jamoa g‘olib deb e’lon qilinadi.