Sun’iy intellekt, tibbiyot va ta’lim kesishmasida innovatsion yechimlar yaratish uchun 3 kunlik hackathon.
19–21-dekabr 2025 | Yangi O‘zbekiston Universiteti, Toshkent
AI Health Education Hackathon 2025
Hackathon haqida
AI Health Education Hackathon 2025
AI Health Education Hackathon 2025 — "Yangi O‘zbekiston" Universiteti va Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti hamkorligida o‘tkaziladigan 3 kunlik innovatsion tadbir bo‘lib, sun’iy intellekt, sog‘liqni saqlash va ta’lim kesishmasida real muammolarga amaliy yechimlar yaratishga qaratilgan.
Hackathon formati
Ishtirokchilar
Faqat "Yangi O‘zbekiston" Universiteti va Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti talabalari
Davomiyligi
3 kun (19–21-dekabr)
Jamoa shakli
4–5 kishilik jamoalar
Ishtirok etish shartlari
Kimlar ishtirok etishi mumkin?
"Yangi O'zbekiston" Universiteti va Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti talabalari ishtirok etishi mumkin. Sun’iy intellekt, sog‘liqni saqlash va ta’lim yo‘nalishlarida loyiha yaratishga qiziqqan barcha talabalar taklif etiladi.
Ishtirokchi kamida 16 yoshda bo‘lishi kerak.
Hackathonda faqat jamoa shaklida qatnashiladi:
- Har bir jamoada kamida 4 va ko’pi bilan 5 nafar a’zodan iborat.
- Jamoalar "Yangi O'zbekiston" Universiteti va Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti talabalari orasidan alohida shakllantiriladi.
- Har bir talaba faqat bitta jamoa tarkibida qatnashishi mumkin.
Ishtirokchilar 16-dekabrga qadar onlayn ariza topshirishlari kerak. Ariza faqatgina jamoa sardori tomonidan to’ldiriladi (Jamoaning qolgan ishtirokchilari haqida ma’lumotni jamoa sardori kiritadi).
3 kun
Hackathon davomiyligi6 ta jamoa
Demo Day’da final taqdimot qiladigan jamoalar2 ta universitet
"Yangi O'zbekiston" Universiteti va Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti hamkorligiHackathon yo‘nalishlari
Bu bo‘limda ishtirokchilar sun’iy intellekt, sog‘liqni saqlash va tibbiy ta’lim yo‘nalishlarida real muammolarni hal qiluvchi amaliy loyihalar ustida ishlaydilar.
Sun’iy intellekt
Sun’iy intellekt asosida ma’lumotlarni tahlil qilish, prediktiv model, chat-bot, kompyuter ko‘rish va boshqa yechimlar.
Sog‘liqni saqlash
Klinik jarayonlarni avtomatlashtirish, bemor monitoringi, telemeditsina, profilaktika va diagnostika jarayonlarini yengillashtiruvchi tizimlar.
Ta’lim
Tibbiy ta’limni raqamlashtirish: adaptive learning, simulyatsiya platformalari, talaba va shifokorlar uchun o‘quv dasturlarini AI yordamida optimallashtirish.
Mukofotlar & Sertifikatlar
Hackathonda qatnashgan barcha talabalar "Yangi O'zbekiston" Universiteti va Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti tomonidan beriladigan rasmiy ishtirokchi sertifikati bilan taqdirlanadi. Sertifikat sizning AI, tibbiyot va ta’lim kesishmasidagi real loyiha ishtirokingizni tasdiqlaydi.
Finalga chiqqan va g‘olib bo‘lgan jamoalar diplomlar hamda hamkor va homiylar taqdim etadigan sovg‘alar bilan taqdirlanadi:
- 1-o‘rin (5 ta): HP Laptop 15
- 2-o‘rin (5 ta): Samsung Galaxy Tab S10 Lite 5G (S Pen)
- 3-o‘rin (5 ta): Samsung Galaxy Tab A9+ 5G
- Istiqbolli startap (5 ta): Samsung X406 128GB Silver
AI Health Education Hackathon 2025 — networking va tajribadan tashqari, portfoliongizga haqiqiy yutuqlar qo‘shish imkoniyati.
Mukofotlar & Sertifikatlar
Hackathonda qatnashgan barcha talabalar "Yangi O'zbekiston" Universiteti va Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti tomonidan beriladigan rasmiy ishtirokchi sertifikati bilan taqdirlanadi. Sertifikat sizning AI, tibbiyot va ta’lim kesishmasidagi real loyiha ishtirokingizni tasdiqlaydi.
Finalga chiqqan va g‘olib bo‘lgan jamoalar diplomlar hamda hamkor va homiylar taqdim etadigan sovg‘alar bilan taqdirlanadi:
- 1-o‘rin (5 ta): HP Laptop 15
- 2-o‘rin (5 ta): Samsung Galaxy Tab S10 Lite 5G (S Pen)
- 3-o‘rin (5 ta): Samsung Galaxy Tab A9+ 5G
- Istiqbolli startap (5 ta): Samsung X406 128GB Silver
AI Health Education Hackathon 2025 — networking va tajribadan tashqari, portfoliongizga haqiqiy yutuqlar qo‘shish imkoniyati.
Hackathon haqida
Jarayon qanday o‘tadi? Qabul, Saralash, Hackathon & Final
Jarayon
Sana
Qabul – Ro‘yxatdan o‘tish
- Jamoalar 16-dekabrga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tadi.
- Arizada jamoa ma’lumotlari va qisqacha g‘oya yoziladi.
Saralash
- Tashkilotchilar barcha arizalarni ko‘rib chiqadi.
- Hackathonda ishtirok etadigan 6 ta jamoa tanlanadi va ularga xabar beriladi.
Hackathon kunlari
- Workshoplar va mentorlik sessiyalari o‘tkaziladi.
- Jamoalar g‘oyasini ishlab chiqib, prototip va pitch tayyorlaydi.
Final — Demo Day
- "Yangi O'zbekiston" Universitetida 6 ta jamoa sahnada loyihasini taqdim etadi.
- Hakamlar baholab, TOP-3 jamoa g‘olib deb e’lon qilinadi.